Baholash uslubini o'zgartirish
Hozirgi an'anaviy baholash uslubida mantiq yo'q. O'qituvchi dars o'tadi,baholaydi, baholariga qarab unga baho berishadi. Albatta baho adolat bilan qo'yilmaydida.Chunki o'quvchi bahosiga qarab unga baho berishadi. Past baho qo'yishi mumkinmi ?Sinfiga nazoratga kirsangiz past o'zlashtiruvchilarni yashiradi.Shuning uchun o'qituvchi faqat darsini bersin. Baholashni alohida boshqa tashkilot amalga oshirishi kerak.Har olti oyda yoki bir yilda.Bunda ota-onalar ham ishtirok etishi kerak.Yoki rahbariyat tomonidan bloktestlar olinsa ham bo'ladi.
Maqsad ta'lim sifatini oshirish. Ta'lim sifati o'z-o'zidan oshadi.,hamma harakatga kelib qoladi.Adolatli baholash tizimi juda ko'p narsani o'zgartiradi.O'qituvchining vaqti tejaladi Hozir 45 minutning yarmi o'quvchini baholash bilan o'tyapti. Repetitorlarning baholash uslubi ham yaxshi natija beryapti.ular bir oyga bir o'uvchi bilimini blok testdan o 'tkazadi.Reyting chiqaradi. Natijada orqada qolmay deb, o'quvchi harakat qiladi.
O'qituvchi ko'proq dars bilan mashg'ul bo'ladi. baholashga ko 'p vaqti ketmaydi. Dars tarkibidan baholash etapini chiqarib tashlash kerak. O'quvchilarni baholash uchun alohida kun, vaqt ajratilishi kerak. Kunlik o'quvchini rag'batlantirish bo'ladi albatta, bu faqat motivatsiya uchun. Rahmat,barakalla, ofarin, tasanno ,bu so'zlar zarur. Har xil kartochkalar berish mumkin. lekin bu o'quvchining reyting bahosi bo'lmasligi kerak.Bahoni boshqa tashkilot ,xususiy bo'lsa ham mayli, amalga oshirishi kerak.Maktab mayli hisob raqamidan pul o'tkazsin.
Комментарии (0)