1-4-sinf o'quvchilari o'rtasida "Ertakchi bolajon" tanlovini tashkil etish
"Ertakchi bolajon "tanlovi 1-4-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlovlar ta'lim sifatini oshirishning eng ta'sirchan usulidir.Bu orqali o'quvchi o'z-o'zidan kitobga qiziqa boshlaydi. Sog'lom raqobat yuzaga keladi.
Amalda sinalganda juda yaxshi natija berdi. Kitob o'qimaydigan o'quvchilar ham ertak topib o'qib, yodlay boshladi.O'quvchilar yuzlab ertaklarni yodlab, rolga kirib aytib berishdi.Natija kutilgandan ham a'lo bo'di.
1-4-sinf o'quvchilari o'rtasida maktab,tuman,viloyat va Respublika bosqichlari o'tkaziladi.Masalan:Maktab bosqichini amalga oshirgan vaqtdayoq bitta sinf o'quvchilari to'liq hech bo'lmasa,10 ta ertak o'qiydi.Eng ko'p ertak o'qigan o'quvchilar keying bosqichga o'taveradi. Shu yo'l orqali barcha o'quvchilar ertak o'qishni boshlaydi.
Izohlar (0)