Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

psixologlarning maktab faoliyatidagi o'rnini yanada yuksaltirish haqida.

Gʻoya tavsifi

Bugungi zamon talabi Psixologlarni har sohada zarurat sifatida kerakligini ko'rsatmoqda, maktablarda psixologlik shtati mavjud ammo bu sohani isloh qilgan holda kerkli mutaxasislarni ishga qabul qilish zarur. Zeroki ommaviy axborot vositalarida har kuni sodir etilayotgan jinoyatlarni kuzata turib hamma muammo oilada maktabda mahallada ijtimoiy psixologik ahvolni o'rganish lozimligini aniqlangan muammolar yuzasidan yetuk psixologik diniy ilmiy va iqtisodiy yordam ko'rsata oladigan kardlarga talab sezilmoqda, men maktabda psixolog bo'lishini tarafdoriman u o'quvchi va o'qituvchilar hamda ota-onalar bilan ham ish olib borishi juda zarur. Psixologni erkin faoliyatiga yordam berish kerak.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

"Agarda psixolog maktabda to'gri ish yuritsa" 1-Boshlang'ich sinflardan xat-savodsiz o'quvchilar chiqmaydi 2-Kichik sinfdan yuqori sinfga o'tishda bolalarni ruhiyatida bo'shliqlar sodir bo'lmaydi 3-ota-onalar bilan maktabning ijtimoiy aloqasini yanada yaxshilaydi 4-Bo'sh o'zlashtiruvchi va xulqi yomon bolalar bilan yaqindan ish olib borish imkoni bo'ladi 5-o'qituvchilar jamoasida sog'lom muhitni yaratishga zamin bo'ladi. 6-kasbga yo'naltirishda ma'lum qoliplar o'zniga qiziqishlarni rivojlantirish mumkin bo'ladi 7-qiz va o'gil bolalarni balog'at davridagi nojo'ya holatlarni oldi olinardi.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Bugungi kunda maktablarga psixolog shtati mavjud, ammo bu ishni turli hujjatbozliklar bilan to'ldirib tashlashmoqda o'quvchilar bilan ish uchun vaqt ozlik qiladi agarda bu shtatni yanada ko'paytirib, maoshini oshirsa bu sohani hodimlarini yanada rag'batlantirishlar kerakligini takidlayman. Zeroki bu shtat raxbariyatga mansub bo'lsada maoshi juda pastdir. Maktablarda psixologiyadan o'qigan yoki qayta tayyorlov kurlarida bo'lgan hodimlarni jalb etish maqsadga muvofiqdir.Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir bo'layotgan ko'ngilsiz holatlarni oldini olishda ham psixologlarning o'z o'rni salmog'lidir. Faqatgina ta'lim va tarbiyaning o'zi bilan bu muammolarni bartaraf etish mushkuldir.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q
  • Yo'nalish:

    Taʼlim sifatini yaxshilash
  • Holati:

    Ko'rib chiqilmoqda
  • Muallif:

    S
    Shavkat
    Boboqulov
  • Fikr qoldirilgan sana va vaqti:

    29.03.2021 13:04
  • Taqdimot:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishish:

  • 3 Qo'llab quvatlandi