Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

10-11 sinflar uchun oliy ta`limga tayyorlash mashg`ulotlarini yo`lga qo`yish orqali ta`lim sifatini

Gʻoya tavsifi

Ushbu g`oya shundan iboratki, maktabning 10-11 sinflari uchun erkin dars tinglash tizimini yaratish. Ya`ni , 1-9 –sinf bo`lguniga qadar o`quvchilarga barcha umumiy o`rta ta`lim fanlarini o`qitish. 10-11 –sinflarga esa o`zini tanlagan fanini chuqur o`zlashtirishga imkon berish. 10-11 sinf o`quvchilari o`rtasida so`rovnoma o`tkazib davlat test markazi tomonidan test olinishi belgilangan fanlardan tayyorlab borish.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Ushbu g`oyaning maqsadga muvofiqligi shundan iboratki,maktabda davomat 100 bo`ladi. O`quvchi haqiqiy maktabdagi bilimi orqali o`qishga kiradi. Bu o`quv markazlariga ketishga chek qo`yadi. Maktab o`qituvchilari va maktab o`quvchilari bilimini baholashga yordam beradi

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

1.1-9 –sinfgagacha o`quvchilarga barcha fanlardan kerakli ma`lumotni berib borish 10-11 –sinf o`quvchilarini kerakli fan yo`nalishlari bo`yicha guruhlarga ajratish 10-11 –sinf o`quvchilari uchun DTM tomonidan tayyorlov materiallari namuanlari ishlab chiqilishi va barcha maktablar ta`minlanishi Barcha 9-11 sinf o`quvchilari uchun ertalab 1-soat majburiy fanlardan mashg`ulot tashkil qilish Masalan: Dushanba ona tili Seshanba matematika kabi

Izohlar (0)

Izohlar yo'q