Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

10-11 sinf oʻquvchilarini oʻqitish sifatini oshirish

Gʻoya tavsifi

Maktablarda ham 10-11 sinflarni yoʻnalishlarga boʻlib oʻqishni joriy qilish kerak.Yaʼni Oʻquvchilarni oʻzini tanlagan yoʻnalishi boʻyicha kuchli ega boʻlishlari uchun bir maktabni aniq fanga (matematika fizika) yana bir maktabni Tabiiy fanga ( kimyo,biologiya) ...va qolgan yoʻnalishlarni ham shu kabi maktablarga boʻlib berish foydali boʻladi deb hisoblayman.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Taʼlim sifatini oshirishda foydali

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Avval Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlarda soʼngra umumtaʼlim maktablarida joriy qilinsa maqsadga muvofiq

Izohlar (11)

R
Rustamjon Soliyev 22.03.2021 23:30

Bu taklif boʻyicha shaxsiy fikrlarim: 1. Oʻquvchi 9-sinfni bitirgangandan soʻng oʻzi hohlagan yoʻnalishi boʻyicha akademik litseyga borib oʻqishni davom ettirishi mumkin. 2. Qishloq sharoitida ota-ona farzandi har qancha bilimli boʻlsa ham boshqa maktabga joʻnatmaydi. Uyidan 200 metr uzoqlikda maktab boʻla turib 8 km, yana 2 ta mashinaga chiqib borishi kerak boʻlgan maktabga joʻnata olmaydi. Ayniqsa temir daftarda roʻyhatda turadigan boʻlsa. 3. Oʻquvchi oʻzi qiziqqan fan boʻyicha maktabga bora olmasa koʻngli oʻksib qoladi. Sharoitni ham hisobga olish kerakda.

d
dfdf dfd 14.01.2021 12:35

gjhghjg

F
Faxridin Usmonov 20.02.2020 08:03

To'g'ri fikr. Faqat bolalarning ma'lum bir kasbga qiziqishlarini bog'cha yoshidan e'tiborga olish kerak. O'quvchilar 6-7 sinfdan to maktabni bitirgunlaricha ularning kasbiy qobiliyatlarini ocha oladigan va kasb tanlashga yordam bera oladigan mutaxassislar suhbatida bo'lib turishi kerak, va shunga ko'ra o'qishlarini rejalashtirishlari maqsadga muvofiq. Bu dunyo tajribasida bor.

B
Baxtigul Jarimbetova 01.02.2020 12:30

Maktablarda 10-11 sinflar uchun variativ o'quv rejeasida belgilangan yo'nalishlar bo'yicha tanlov fanlari o'quv rejasi dastur asosida respublika bo'yicha davlat test markazi tomonidan tayorlanadigan test sovallari olinadigan darsliklardan kelib chiqqan holda qo'shimcha metodik ishlanmalar ishlab chiqilsa maqsadga muofiq bo'lar edi.

Д
Дурдона Курбонова 28.01.2020 12:54

Мен хам шу фикрни макуллайман. Хамма хам математика фанини хушламайди. Нега уларни мажбурлаб математика укитишимиз керак. Кимдир математик у чизмани ектирмайди. Шунинг учун узлари танлаган фанларни укиса яхши натижа беради.

Ko'proq ko'rsatish