Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Loyiha (project) asosida o'rganish

Gʻoya tavsifi

O’quvchilar darslikdan chetga chiqib, o'z hayotidagi, mahallasi, tuman yoki viloyatidagi muammolarga asoslangan murakkab mavzular, savollar yoki vaziyatlarga (masalan, o'z mahallalarida suv sifati yoki o'z shahri tarixi ) javob topish orqali ulardagi loyihaga mos ko’plab manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish, internet va mutaxassislar bilan suhbatlar asosida o’zlariga berilgan vazifani ishlab chiqish, muammolarga aktual yechimlar topish, holis baholash, chuqur o’rganish va tanqidiy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirishimiz mumkin.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

O’quvchilarda tanqidiy va mustaqil fikrlash ko’nikmasini rivojlantirish zarur. Chunki ular katta hayotga qadam qo’yishganida o’z shaxsiy fikrlari, mustaqil qarorlari va dunyo qarashlari rivojlangan bo’lishi kerakligini juda yaxshi tushunamiz. Lekin bularni amalga oshirish uchun kitoblardagi matnlarning o’zi kamlik qiladi. Loyiha asosida olib boriladigan sinf ishlari an'anaviy kitobga asoslangan o'qitishdan ko'ra talabchanroq va qiziqarliroq bo'lib, unda o’quvchilar biror manbadan foydalanganda faktlarni o’rganib chiqishlari, tahlil qilishlari va hamkorlikda ishlash ko’nikmalarini rivojlatirishlari mumkin.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Loyihalar bir necha kun, hafta davom etishi mumkin, bu davr berilgan mavzuga bog’liq. Loyihalardan turli fanlarning nazorat va mustaqil ishlari o’rnida foydalanishimiz mumkin. O'quvchilarning ishi o'qituvchidan tashqari tomoshabinlarga, shu maktab o’quvchilari, shu jumladan ota-onalar va jamoat guruhlariga taqdim etiladi. Bu esa o’quvchilarning o’ziga nisbatan ishonch hissini uyg’otib, ularni yanada fanga qiziqtiradi va ruhlatiradi. Loyiha asosida ishlash usulidan ijtimoiy, tabiiy, tillar va texnologioya fanlarida foydalanish juda qulaydir.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q
  • Yo'nalish:

    Taʼlim sifatini yaxshilash
  • Holati:

    Ko'rib chiqilmoqda
  • Muallif:

    M
    Mexriniso
    Norova
  • Fikr qoldirilgan sana va vaqti:

    23.03.2021 20:27
  • Taqdimot:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishish:

  • 2 Qo'llab quvatlandi