Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Maktabda matematika fanini oʻqitlishini kuchaytirish va oʻquvchilar qobiliyatini rivojlantirish

Gʻoya tavsifi

Matematika fanini yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchi barcha fanlardan oʻzlashtirish unchalik qiyinchilik tugʻdirmaydi. Buning uchun esa boshlangʻich sinfdan boshlab oʻquvchilarni matematika fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashimiz kerak. Bilimlar mustahkam boʻlishi uchun boshlangʻich sinf oʻqituvchilarini maktabda yuqori sinflarga matematika fanidan dars beruvchi oʻqituvchilar jalb qilinadi.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Umuman olganda har bir pedagog 5 yilda bir marta malaka oshirishga boradi. Unda ham faqat bir oy oʻqiydi. Fikrimcha oʻqituvchi bir oy davomida yetarlicha bilimga ega boʻlmaydi. Darsliklar esa yangilanib oʻquv dasturlari zamon talabiga mos ravishda oʻzgarmoqda. Maktabda matematika oʻqituvchilari bilan birgalikda haftada 2 yoki 3 marta mashgʻulot oʻtkazishga sharoit bor. Shuningdek oʻquvchilar Dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA, TIMSS kabi bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashadi va ta'lim sifatini yanada oshirishga olib keladi

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Haftada 2 yoki 3 marta trening mashgʻulotlari oʻtkazish mumkin. Trening oʻtkazish matematika oʻqituvchilariga malol kelmaydi. Sababi boshlangʻich sinf oʻquvchilari 1 yoki 2 yildan soʻng yuqori sinfga oʻtganda oʻqituvchilarning oʻzlari ham qiynalmasdan dars oʻtadi va turli xil tanlovlar va fan olimpiadalarida ham yuqori natijalarga erisha oladilar.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q
  • Yo'nalish:

    Taʼlim sifatini yaxshilash
  • Holati:

    Ko'rib chiqilmoqda
  • Muallif:

    R
    Rustamjon
    Soliyev
  • Fikr qoldirilgan sana va vaqti:

    17.03.2021 02:30
  • Taqdimot:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda bo'lishish:

  • 5 Qo'llab quvatlandi