Maktablarda ''Renessans'' muzeylarini tashkil etish.
O‘zbekistonda uchinchi Renessans davrini barpo etish jarayonlari boshlandi. O‘quvchilarda renessans haqida yanada ko‘proq ma'lumotlar berish uchun maktablarimizda Renessans muzeylarini tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Ushbu muzeylar 3-qismdan iborat bo‘lib, 1-qismida O‘zbekistondagi birinchi renessans davri, 2-qismda esa 2-renessans davri 3-qismda yangi renessans davri haqida ma'lumotlar joy oladi.
Ushbu muzeylarda bo‘lgan o‘quvchilarda ajdodlar merosiga qiziqish, ularga bo‘lgan hurmat hissi yanada oshadi va yangi renessans davrini faol ishtirokchisi bo‘lishiga undaydi. Shuningdek mazkur muzeylarda ota-onalar bilan ham uchrashuvlar va ochiq darslar tashkillab borish zarur.
Maktabda tashkil etiladigan muzey uchun alohida xonalar ajratiladi, xonalar yetishmagan taqdirda tarix faniga moslangan xonalarda ham ushbu muzeyni tashkil etish mumkin. Xonalar 3 qismga ajratiladi va har bir qismda renessans davri namoyondalarining rasmlar va ular haqida ma'lumotlar, shuningdek asarlaridan nusxalar qo‘yiladi. Imkoniyat darajasida qo‘yiladigan ma'lumotlar darsliklarda uchramaydigan bo‘lsa yanada yaxshi bo‘lar edi. Ayniqsa 3-qism yangi renessans davrini shakllantirishda maktab o‘quvchilari orasidan ma'lum yutuqlarga erishayotganlarini ham joy oldirsak yanada yaxshi bo‘lar edi.
Izohlar (0)