Boshlang'ich diniy ta'limni joriy etish
Assalomu alaykum. Mening g'oyam maktablardagi 5-11 sinflarga boshlang'ich diniy ta'limni joriy etish haqida. Bunda hech kimga diniy ta'lim majburiy etib belgilanmaydi. Ta'lim faqat o'zbek maktablarida olib boriladi. Hamda faqat xohlovchilargina bundan foydalanadilar. Bu g'oya hech kimni ajratish, boshqa dinlar, konfessiyalarni ajratib qo'ymasligi uchun faqat istovchilar uchun amalga oshiriladi.Amalgan oshsa, o'quvchilarning tarbiyasi, ustozlarga hurmat, ota-onaga munosabat yaxshilanadi.
O'zbekiston Respublikasi ko'p millatli davlat va bu yerda turli dindagi insonlar istiqomat qiladi. Shuning uchun bunda barcha uchun optimal choralar belgilanadi: 1. O'zbek maktablarida xohlovchilar uchun tashkil qilish diskriminatsiyani oldini oladi; 2. O'quvchilar tarbiyasi oshadi. Diniy boshlang'ich ta'limda ovqatlanish, ota-ona bilan suhbatlashish va ustozlarga hurmat a'lohida ta'kidlangan; 3. Har hil firqalar, adashgan oqimlarga jiddiy zarba bo'ladi. Zero hozirda dinni yaxshi tushunmagan, bilmaganlar bunga oson kirib qolmoqdalar; 4. Xalqaro imidj yaxshilanadi; 5. O'quvchilar darslarga ko'proq qatnashadilar; diniy ta'lim bilim olish farz ekanligi va bu savob ekanini o'rgatadi.
G'oyani amalga oshirishda sinflar darajasida bo'linish bo'ladi. Ya'ni xohlovchilar diniy ta'lim oladilar, xohlamaganlarga boshqa fan o'tiladi. Masalan, ma'naviyat yoki milliy istiqlol g'oyasi kabi. O'quvchilar va ularning ota-onalari online registratsiyadan o'tib bu fanni tanlaydilar. Hozir, o'rtacha sinflar 25-35 o'quvchilardan iborat. Masalan, xohlagan o'quvchilar soni 20 ta bo'lsa, yo'q deganlar 15 o'quvchi bo'lsa, bir vaqtda huddi ingliz tili yoki rus tili kabi 2 guruxga bo'linadilar. Bir gurux diniy ta'lim oladi boshqasi mana'viyat, odob, milliy istiqlol yoki boshqa biror shu kabi darsni o'tadi.
Izohlar (0)