Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

O'zbekistonda IT-tenxologiyalarga doir Onlayn videodarslar platformasini yaratish

Gʻoya tavsifi

Fikrim O'zbekistonda rasmiy onlayn platforma yaratishdan iborat. Bu darslar ko'proq dasturlash sohasiga qaratilsa yaxshiroq bo'ladi. Chunki O'zbekistonda dasturlash sohasiga talab yuqori. Ammo internet tarmoqlarida o'zbekcha sifatli videodarslar kam. To'g'ri UzbekCoders' ishga tushirildi. Lekin undagi darslar inglizcha. Subtitrdan o'zbekcha qilsa ham bo'ladi. Ammo foydalanuvchi subtitrga yoki videoga qarashni bilmaydi. Chet davlatlarda bunday videolar juda ko'p. Masalan, W3schools va Codemy.com va boshqalar.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Asosiy maqsad, yurtimuzda dadturchilarni ko'paytirish.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Bu g'oyani amalga oshirish uchun yurtimuzdagi tajribali dasturchilarni bir yerga to'plash kerak. Bundan tashqari, YouTube, Telegram, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda videolarni mutlaqo bepul tarqatish kerak. O'zbekistonda malakali dasturchilar bor. Albatta. Dasturlash - kelajak sohasidir.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q