Arifmetik amallarni o'rganamiz
G’oyaning maqsadi: umumiy o`rta ta’lim maktablarida matematika faniga o`quvchilarni qiziqtirish va ularga bilim berish, ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion yondashuvlar qo`llash kompetentsiyalarini rivojlantirish. G’oyaning vazifasi: Asosiy matematika qonuniyatlarini bilish bugun deyarli hamma uchun kerak. Ko‘p kasblar bevosita matematika bilan bog‘liq: moliya, kompyuter texnologiyalari, injeneriya va boshqalar. Shuning uchun ham, garchi bu oson bo‘lmasada, farzandlarimizga «fanlarning shohi»ni o‘rgatish juda muhim
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” PQ-4708-sonli qarorini ijrosini ta’minlash.
G’oyani tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tavsiyalar; (O’qituvchilarga) Matematika fanini o`qitishda AKT vositalaridan foydalanilgan holda nazariy va amaliy mashg`ulotlar shaklida olib boriladi. Nazariy mashg`ulotlarda matematika fanini o`qitishda ilg`or xorijiy tajribalar, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar haqida ma’lumotlar beriladi. Amaliy mashg`ulotlarda matematikani o`qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning qo`llanilishi, zamonaviy ta’lim vositalaridan foydalanish usullari, matematika darsiga qo`yilgan zamonaviy talablar o`rgatiladi.
Комментарии (0)