Ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizm
Mening fikrim shundan iboratki, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida TA'LIM SIFATINI OSHIRISH lozimligi yuzasidan bugungi kunda juda ko'plab ishlar boshlab yuborilgan va maqsadli ishlar ham rejalashtirilgan. Biroq ta'lim sifatini oshgani yoki pastga qarab ketayotganligi yoki va boshqa shunga o'xshash vaziyatlarni 100 foiz qamrab olib, aniq bir faktli ma'lumotni hech kim ayta olmasa kerak. Sababi maktabda ta'lim sifatini qay darajada ekanligini avvalo maktabning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari bilishi kerak bo'lsa har bir o'quvchining bilim darajasini yuqoriga yoki pastga o'sish diagrammasini o'quvchiga va fan o'qituvchilariga bildirib borishi kerak.
Maktab o'quvchilari yoki o'qituvchilarning bilim darajasini aniqlab ularga o'zlarining imkoniyatlari va kelajakdagi bo'lishi mumkin bo'lgan prognozni to'g'ri yetkazib bera olsagina ularda o'z bilimini yanada mustahkamlash va o'zlari ustida qattiqroq ishlahga moyillik paydo bo'ladi.
Ushbu taklifni amalga oshirish uchun avvalo har bir o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchi va o'qituvchilar bilimini aniqlab analiz va sintez qilib ularning harakat diagrammasini aniqlashi uchun AKT savodxonligi yetarli bo'lishi kerak. Afsuski bugungi kunda juda ko'plab maktablarimizda AKTdan foydalanish ko'nikmasiga ega bo'lmagan rahbar xodimlar ishlamoqda. Shunday ekan birinchi navbatda maktablardagi O'IBDO'ning AKT savodxonligini baholab, kerak bo'lsa ularga shu baholash natijalari bo'yicha oylik maoshiga ustama yoki jarima qo'llash mumkin. O'IBDO' kuchli bo'lsagina o'quvchilar va o'qituvchilarni bilim darajasini aniqlab, bo'shliqlari ustida ishlashga majbur qila oladi.
Комментарии (0)