E'tirof
Ushbu tadbir ota-onalarni darslarni kuzatishga jalb etish orqali fan o'qituvchilarini darsga puxta tayyorgarlik ko'rishlari uchun va sifatli dars o'tayotgan o'qituvchilarni nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu tadbir natijasida fan o'qituvchilari o'z-o'zidan sifatli dars o'tishga, o'z ustida muntazam ishlashiga astoydil harakat qiladilar. Natijada ta'lim sifati ohadi. Tadbirni amalga oshirishda mablag' talab etilmaydi.
“E’tirof” tadbiri to‘g‘risida sinf rahbarlari tomonidan sinf ota-onalar yig‘ilishlarida va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari tomonidan maktab umumiy ota-onalar yig‘ilishida to‘liq tushuntiriladi. Sinf rahbarlari ota-onalar yig‘ilishida xar bir o‘quvchining otasi yoki onasini maktabga darslarni kuzatish uchun kela oladigan sanalarini aniqlab oladi. Sinf rahbarlari ota-onalar yig‘ilishida aniqlangan darslarni kuzatishga kela oladigan vaqtlaridan taxminiy reja ishlab chiqadi, • Darslarni kuzatgan ota-onalarning fan o‘qituvchilari darsni o‘tish mahoratini e’tirof etib, bildirilgan ijobiy fikr va takliflarini “E’tirof daftari”ga qayd qilib boradi yig'ilishda jamoaga aytiladi
Комментарии (1)
Yahshi taklif, qo‘shimcha sifatida maktablararo o‘qituvchilarning dars tahlillari, yoki bo‘lmasam ishlab chiqarish soha hodimlarining o‘qituvchining darslarini tahlil qilishga jalb etish ham samara beradi. Misol uchun tuman, shahar arxiv bo‘limi hodimlari Tarix darslarini, moliya, soliq idorasi hodimlari matematika fanlariga tashrif buyursalar samara yuqori bo‘lar edi.