Rag'bat-marraga tezroq eltadi
Men OTM talabasi bo'lganim uchun OTM miqyosida o'z fikrimni bayon qilmoqchiman. Misol uchun bu sessiyani faol talab 89% ga o'zlashtirdi, nisbatan past bo'lgan talaba esa 63% ga o'zlashtirdi, keyingi sessiyada esa xuddi o'sha faol talaba 93% ga o'zlashtirdi, haligi nisbatan past bo'lgan talaba esa 70% ga o'zlashtirdi. Faol talaba shundoq ham davlat tomonidan rag'batlatiriladi, bizning ishimiz esa 63% dan 70% ga o'zlashtirishini oshirgan talabani munosib rag'banlatirishimiz kerak. Faqat moddiy rag'bat emas va yana talabani o'zini ham emas balki ota-onasini ham nazardan chetda qoldirmasligimiz kerak deb o'ylayman. Bu albatta o'z samarasini ko'rsatmay qolmaydi.
Bundan ko'zlangan maqsad shuki, har bir o'zbek farzandi uchun o'zi orqali ota-onasiga olib kelingan rahmatdan ziyodroq sovg'a yo'q, ota-ona uchun ham ''shunday farzandni o'stirganingiz uchun sizlarga ming rahmat'' degan bir og'iz so'z, ularni dunyodagi eng baxtli insonlarga aylantiradi. Ota-onasini o'zi sababli shunday baxtli ko'rgan talaba, o'ziga ishonchi yanada ortadi, ota-onasini unga ishonchi misoli adrenalin bo'ladi. ''Bolam, biz sen bilan faxrlanamiz'' shu ikki og'iz so'zdanam ortiqro motivatsiya bo'lmasa kerak deb o'ylayman talaba uchun. U talaba aslida eng nisbatan past o'zalshtirayotgan talaba-ku dersiz, yuqoridagi shuncha mativatsiyadan so'ng o'rni sezilarli ko'tariladi.
Barcha OTM larda tadbirlar tez-tez tashkil etiladi, 1 yilni hisobiga 2 marta sessiyadan so'ng shundan bir taqdirlash marosimi tashkillansa maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu taqdirlash marosimida faol talabalar bilan bir qatorda yuqorida aytib o'tgan talabarni ham taqdirlansa, shu sovg'ani osha nisbatan past, lekin ijobiy o'zgarishi bo'lgan talabani shaxsan rektorni o'zi talabani ham, uning ota-onasini ham tabriklasa qanday bo'ladi deb o'ylaysiz?! Qanday emas qantday bo'ladi deb o'ylayman shaxsan men. Shaxsan rektorni o'zidan, 300-400 kishi oldida ota-onasiga rahmat olib bergan talaba keyingi safar bundanam yuqori natijalar uchun intiladi va erishadi albatta! Bu barcha ilm dargohi uchun mosdir.
Комментарии (0)