Motivatsion suhbatlar tashkil qilish
Men 4 yildan buyon sinf rahbarlik qilaman va har haftada bir yoki har oyda ikki marta sinf o’quvchilarimning ota onalarini suxbatga taklif etaman. Ularning hammasi ham oliy ma’lumotli mutaxassis emaslar, ba’zilari tikuvchi, ba’zilari hunarmand, lekin ular gapirib beradigan hayotiy tajribalar o’quvchilarimda tanlagan kasblari uchun yanada kuchli harakat qilishlariga turtki bo’lmoqda. Masalan, kasb tanlashning asosiy omili maosh yoki olinadigan foydaning qiymatida emas, balki o’sha kasbni qanchalik sevib, mehr berib egallashdan iborat ekanligini o’quvchilar to’liq anglab yetishdi.
O'qituvchi har doim ham o’quvchilarga motivatsiya beraolmaydi, chunki doim bir kishining og’zaki nutqi o’quvchilarda esda qolarli taasurot qoldirmasligini yaxshi bilamiz. Ular o’zlari egallamoqchi bo’lgan kasb egalari bilan yuzma yuz suxbatlarni, savol javoblarni xoxlashadi. Va bu harakatlar haqiqatdan ham o’quvchilar onggiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Kasb tanlashning muhim jihati o’z kasbining mohir usatasi bo’lish va asosiysi har kuni ishga bayramga ketgandek ketish ekanligini ota onalar juda ko’p marotaba aytib o’tishgani uchun, o’quvchilarim hozirdan kelajakdagi kasblariga doir ma’lumotlar to’plashib, chuqur bilim olishga kirishishgan.
Turli kasb egalarini tarbiyaviy soatlarga, darsdan tashqari mashg’ulotlarda taklif etib, ularning kasb tanlashdagi qiyinchiliklari, fanlarning qay darajada o’zlashtirganliklari, yutuqlari va muvaffaqiyatli faoliyatlari to’grisidagi qiziqarli ma’lumotlarni o’quvchilar bilan tinglash va shu kasblarga xavas qiladigan o’quvchilar bilan suxbatlar, savol javoblar uyushtirishni sinf rahbarlik tajribamga asoslanib motivatsiyaning eng yaxhsi usulidir deb hisoblayman.
Комментарии (0)