Ideas in the field of public education Beta

O‘qituvchilar orasida sog‘lom raqobatni yaratish

Description of the proposal

Sinfda 30-35 ta o’quvchi o’qisa ularning bilim doirasi turlicha. Ayrim o’quvchilar mavzularni oson o’zlashtiradi, o’qituvchi boshqa o’quvchilarga qaytadan mavzuni tushuntirsa ular uchun bu zerikarli tuyuladi.

Relevance of idea / proposal

Ayrim o’quvchilar mavzularni juda sekin o’zlashtiradi. O’qituvchi dasturdan chiqmagan holda yangi mavzularga o’tib ketaveradi, o’quvchi mavzularni yaxshi o’zlashtirmay oxiri darslarni tashlashadi. Bunday o’quvchilar qo’shimcha mashg’ulotlarga xam kelmaydi. Shuning uchun o’quvchilar orasida sog’lom raqobatni hosil qilish kerak.

Possible ways to implement the idea / proposal

1. O’quvchilar boshlang’ich sinfni tugatgach bilimiga qarab tabaqalashtirilishi kerak. Bilimlari bir teng kuchli bo’lgan o’quvchilar bir-biri bilan teng kuchli bo’lib raqobatlasha oladilar. 2. Tabaqalashgan sinflardagi o’quv dasturini xam shunga moslash kerak. Chunki a’lochi qabul qilayotgan o’quv dasturi past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga o’g’irlik qiladi. 3.Chorak yoki yarim yilda o’quvchilarning bilimlari tekshirilib,u sinfdan bu sinfga o’tish imkoni bo’lishi kerak. 4. Past o’zlashtiruvchi o’quvchilar 5- sinfdanoq kasbga yo’naltirilishi kerak. Chunki ayrim o’quvchilar yaxshi o’qishmagani bilan, biron bir kasbga iqtidori kuchliroq bo’ladi.

Comments (0)

No comments