1. Mazkur veb-portal Oʻzbekiston Respublikasi maktab ta’limi sohasini rivojlantirish boʻyicha gʻoya va takliflar yuborish imkoniyatini beradi. Maktab ta’limi doirasiga kirmaydigan gʻoyalar va takliflar koʻrib chiqilmaydi;
2. Mazkur veb-portal orqali yuborilgan gʻoyalar yoki takliflar (fikrlar) matnida noaniq qisqartmalar yoki reklamaga oid materiallar, xabarning notoʻgʻri tarkibi (mantiqsiz va maʼnosiz) boʻlgan taqdirda qabul qilinmaydi;
3. Mazkur veb-portaldan tuhmat, haqorat va yolgʻon tanqidlarni o'z ichiga olgan shikoyatlarni yuborish vositasi sifatida foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139, 140, 237-moddalariga va boshqa huquqiy javobgarliklarga olib kelishi mumkin;
4. Mazkur veb-portal orqali yuborilgan gʻoya va takliflarning (fikrlar) oʻrganib chiqish natijalariga oid bildirishnomalar (javob xatlari) murojaat etuvchiga yuborilmaydi;
5. Portalda gʻoya va takliflarni taqdim etgan tashabbuskor, agar u mazkur gʻoya va takliflarni amalga oshirishda ishtirok etmasa, mualliflik huquqiga da’vogarlik qila olmaydi;