Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Biz intellektuallik uchun kurashamiz

Gʻoya tavsifi

Har bir hududda maktab o'quvchilari uchun: Web dasturlash; Desktop programming; Grafik va web design; Computer services(komyuter va tarmoq tizimlari); bo'yicha arzonlashtirilgan o'quv kurslarini tashkil etish.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Har bir maktab o'quvchilari IT sohasiga qiziqadigan yo'nalishlarida tahsil olishadi va hududdagi barcha kichik katta loyihalarni amalga oshirishadi; Maktab o'quvchilari darsdan tashqari vaqtini maroqli o'tkazishadi; Maktab o'quvchilari o'z maktab loyihalarini shartnoma asosida amalga oshirishadi;

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Har bir maktabdan yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishlarga mos keluvchi olimpiada o'tkaziladi va yurgan o'quvchilar bepul tahsil olishadi; Umumiy holat bo'yicha saralangan yoshlar bilan bir qatorda maktab o'quvchilari katta qiziqish bildirishni boshlashadi shu orqali auditoriya yig'iladi Har oyda o'quvchilar o'rtasida grantlar e'lon qilinadi (yutuqlar, 15%, 25%, 50%, 75%, 100% li grantlar). Hudud markazida maxsus dargoh yaratilishi va muhit shu kurslarga moslanishi kerak.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q