”Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" tanlovini o‘tkazishning 2ta samarali usuli
”Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" tanlovini o‘tkazishning 2ta samarali usuli quyidagicha: 1. Tanlovning viloyat va Respublika bosqichlarini o‘tkazish maqsadida tumanlar va viloyatlardan kuchli o‘qituvchilar hakamlik uchun chaqiriladi. Xoxlaymizmi yo‘qmi, hakamlar ozgina bo‘lsa ham o‘zining tumani yoki viloyatidan kelgan ishtirokchiga yon bosadi. Ana shu holatni oldini olish uchun har bir hakamni o‘zini viloyatidan kelgan ishtirokchining ochiq dars o‘tish jarayoniga, dars ishlanmasini tekshirish shartlariga kiritmaslik kerak. 14ta hududdan 14ta hakam kelsa, undan tashqari yana bitta eng kuchli o‘qituvchi yoki metodist (dars bersa agar) maxfiy hakam sifatida chaqirilib, maxfiy hakamga
barcha ishtirokchilarni dars ishlanmasini tekshirish hamda boshqa hakamlar bilan uchrashtirmaslik uchun ochiq darsni kamera orqali yoki video tasvirga tushirilgan lavhadan ko‘rib baholasin. Natijlar solishtirilganda xolis hakamning qarorini hal qiluvchi qaror sifatida qabul qilish kerak. 2. ”Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi" tanlovining 3- test sharti onlayn, qolgan 2ta sharti onlayn emas. Buning uchun viloyat va Respublika bosqichlarda dars ishlanma yozish shartini ham onlayn yoziladigan bo‘lsa, o‘qituvchi o‘zining ochiq darsini tuman, viloyat, respublika darajasidagi metodistining guvohligida video tasvirga tushirib facebook.com yoki tanlov uchun ochilgan saytga joylashtirsin.
Saytga joylashtirilgan dars ishlanmasi va ochiq dars video tasvirni baholash huquqini faqatgina oliy toifali o‘qituvchilarga berilsin. Shundagina barcha o‘qituvchilar haqiqiy yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisini tanlab bera oladi. Oliy toifali o‘qituvchilar dars ishlanmasi va ochiq dars video tasvirini ko‘rib baholashlari uchun internet tarmog‘i ulangan zamonaviy kompyuterlar mavjud maktabga chaqirtirilib, uyali telefonlarini va boshqa aloqa vositalarini ulardan vaqtincha olib qo‘yish shartini qo‘yish kerak. Metodistlarni ham bu tanlovga jalb qilib, hozirgi kunda dars beradigan oliy toifali metodistlarni hakamlik qilish uchun ajratib olish kerak.
Izohlar (0)