Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Onlayn malaka oshirish

Gʻoya tavsifi

Onlayn malaka g‘oyasi uzoq tumanda yashab ishlayotgan, yosh bolali ,yolg‘iz ona va qaromogida 3 ta undan ko‘p farzandi bo‘lgan ayol o‘qituvchilarga nisbatan qo‘llanadi .Bunda onlayn malaka oflaynga nisbatan to‘lovi ko‘proq bo‘ladi,shunigdek trener ustozlarni o‘zi tanlash imkoni bo‘ladi.Buning uchun ta‘lim beruvchi trenerlar respublika miqyosida tajribali ,bilimli o‘qituvchilar orasidan xalqaro va milliy sertifikatga ega olgan bo‘lishi lozim.Trenerlar davlat xususiy sherikchiligi asosida o‘zi o‘qitgan tinglovchilarga imtihon asosida sertifikat berishi lozim.Trenerlar nafaqat biriktirilgan fan balki siyosiy , ijtimoiy va psixologik tomonlama ham bilimlarni egallab yetkazishi lozim.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Tavsifda keltirilgan ustozlar oilasi va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib malakasini oshiradi.Bu esa jamiyatda oila lar tinch yashashi va ayollar mehnatining samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladi.Trenerlarni tanlash imkoniyati malaka oshirish instituti va xususiy malaka trenerlari o‘rtasida raqobatni kuchaytirib bu sohada sifat darajasini yaxshilaydi.Ba yana buni respublika MOIning o‘zida joriy etilishi ham maqsadga muvofiq, zero bu bilan ta‘lim sohasining davlat byudjetiga kiritilgan sarmoyasi miqdori oshadi.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Ushbu g‘oyani respublika MOIning o‘qituvchilari yoki xususiy trenerlar zoom va tergram platformasi orqali tinglovchilar bilan kelishgan holda vaqt belgilab amalga oshiradi.

Izohlar (1)

S
Sardor Xo‘janazarov 24.05.2021 17:40

29-maktab direktori