Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

“TILIMIZ” PORTALI – oʻzbek tilini oʻrganish va oʻrgatishga ixtisoslashgan portal

Gʻoya tavsifi

Internet hayotimizga tobora keng kirib boryapti. Bundan unumli foydalanish kerak. Jumladan, ona tilini oʻqitishda ham. Oʻzbek tilini oʻrganish va oʻrgatishga ixtisoslashgan portal yaratish zarur. Masalan, gramota.ru, grammar.com yoki textologia.ru saytiga oʻxshash. Portalning ishchi nomi – tilimiz.uz. Undan oʻzbek tili lugʻatlari, oʻzbek tili grammatikasi, imlosi, leksikasi, usluniyati va til oʻrganishning boshqa yoʻnalishlariga oid maʼlumotlar joy oladi.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

1. Oʻzbek tili lugʻatlarining bepul va sifatli onlayn variantlari hozirgacha yaratilmagan. Mazkur portalga oʻzbek tilining kamida 10 lugʻati jo boʻladi va ulardan onlayn rejimda, matn koʻrinishida foydalanish imkoni yaratiladi. 2. Oʻquvchilar mustaqil oʻqib-oʻrganishi uchun elektron manbalar yoʻq hisobi. Ushbu portal ularni qiziqtirgan, baʼzida javobi topilmayotgan savollarga javob beradi. 3. Til mutaxassislari, ona tili va adabiyoti oʻqituvchilari uchun kerakli qoʻllanmalar, grammatik, imloviy, uslubiy qoidalar turkum holida biror manbada mavjud emas. Portalda shu muammo hal etiladi. 4. Til va savodxonlik borasidagi chigal masalalar ham shu portal vositasida yechimini topadi.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Gʻoya bir necha bosqichda, malakali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. Loyihani amalga oshirish uchun katta jamoa ishlaydi. Ishchi guruh tarkibidan tilshunoslar, oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchilari, muharrirlar, dasturchilar va boshqa mutaxassislar oʻrin oladi.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q