Maktab bu yangi O'zbekiston ostonasi, kelajak avlod poydevori!
1.Maktablarda fanlar majmuasi bo'yicha metod birlashma kichik rahbarlik lavozimlarini joriy qilish kerak, hozir ham bor lekin lavozim emas, tekinga mushuk ham oftobga chiqmas. 2.Maktablarda har 15 ta sinf uchun kichik sinf rahbarlari lavozimlarini tashkil etish. 3.Vazirlikdan tasdiqlanayitgan Nizomlarni Xalq ta'lim boshqarmalari o'zlarining buyruqlari bilan xududga mos yo'riqnomalarini tasdiqlashi kerak (to'g'ridan to'g'ri Respublika bo'yicha chiqarilgan nizom atrim xududlarga kelib ko'pgina savollar muammolar to'g'ilishiga sabab ham bo'ladi) 4.Qoloq va "quloqsiz" o'quvchilarni zamonaviy jazolash usullarini joriy qilish kerak.
Struktura tuzulmalarini shakllantirishni maktabdan boshlash kerak, (hamma hammasi) keyin Xalq ta'lim bo'limlari undan keyin boshqarmalari va oxirida vazirlik, O'zbekistonda esa boshqacha teppadan o'zgartirib boshlanadi. "Bitta chekka xududdagi kichik katta 3 xil maktab misolida" maktab qanday bo'lishi kerak degan savol bilan na'muna tayyorlanib shunga asosan keyin Xalq ta'limi bo'limi strukturasini, undan keyin boshqarma va oxirida vazirlik strukturasini joriy qilish kerak. Hech bir narsani chetda qoldirmaslik kerak, ishchi xizmatchi nechta bo'lishi kerak, qarovul xona qanday bo'lishi kerak, sinf xona qanday bo'lishi kerak, qog'ozbozligichi, o'qituvchisichi!
Ma'lumki ayrim ko'pgina katta maktablarda bitta yo'nalish bir nechta rahbarlik lavozimlari mavjud, 2 ta zauch, 2 ta ma'naviyatchi, 2 ta psixolog katta maktablarda 3 tadan mavjud. Bitta yo'nalish bo'yicha buncha rahbar nima keragi bor, bitta maktabda yo'nalish bo'yicha bitta raxbar yetadi.
Izohlar (0)