Kelajak bugundan boshlanadi
Xalq ta‘limi tizimida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixologlarga imtiyozli magistrga o‘qishlari uchun imtiyozlar berish va ilmiy izlanishlari uchun grantlar ajratish. Maktab muassasidan tashqari mahalla bilan hamkorlikda oilalar uchun psixologik xizmat ko‘rsatishlari uchun letsenziyalar berishni shakllantirish lozim.
Ta‘lim jaroyonida oilada berilgan tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Ta‘lim dargohlarida sodir bo‘luvchi hech bir voqeylik takrorlanmasdir, shuning uchun amaliyotchi psixologlar doimo izlanishda bo‘lishlari talab etiladi. Orttirilgan tajriba asosida ilmiy ish qilishlari, maqolalar chop etishlariga ehtiyoj yuqori. Mahalla va oilalarga ma‘naviy, ma‘rifiy tavsiyalar berib borishlari kerak. Psixologik xizmatlarga talab kuchli, ayniqsa qishloq hududlarida. Qachonki oilada ayol kishining manaviyati yuksak va oqila bo‘lsa u oilada erkak kishining jamiyatda yurish-turishi, kiyinish odobi, muomila madaniyati, farzandlarinining odob-axloqi, tarbiyasi mukammal shakllanadi. AYOL oqila bo‘lsa bas.
Maktab va mahalla hamkorligini kuchaytirish lozim, mahallada oila kutubxonasini shakllantirish kerak. Amaliyotchi psixologlarning oilalar bilan psixologik xizmat ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Oilada ayol farzandlarga ertak, hikoya, she‘r va hadislarga oshno qilsa bu oilada tarbiya topgan zurriyodlar albatta ma‘naviy yituk, fozil insonlar bo‘lib shakllanadi. Ta‘limda ham ko‘pgina muammolar o‘z-o‘zidan echim topadi. Hozirda jamiyatimizda kuzatilayotgan dolzarb muammolarning ibtidosi aynan shudir. Kelajagimizni munosib qo‘llarga topshirish bizning burchimiz azizlar, befarqlik zalolatga yetaklaydi. Ogoh bo‘laylik.
Izohlar (0)