Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Online maktab videodarslarini darsliklarga qr kod orqali ko'chirish yoki apk fayl qilish

Gʻoya tavsifi

Assalomu alaykum! TV orqali muntazam online darslar berib borilmoqda. Bularni ko'rishda kimnidir sharoiti bor, kimnidir sharoiti yo'q. Shu online darslarni men o'zim telegram orqali ko'rib darslarda foydalanib kelaman. Buning uchun tashkilotchilarga raxmat. Men ingliz tili fani o'qituvchisiman va men tumanlarda ishlayman. Biz ota onalar farzandi bilan vazifa qildirishda juda katta muammoga duch kelamiz. Sababi ko'p ota -onalar ingliz tilini bilmaydi. Bu esa vazifa tayyorlashda muammolarni yuzaga keltiradi. Darslarni o'zlashtirishda orqada qolib ketamiz. Ingliz tilida so'zlarni yozilishi boshqa o'qilishi boshqa. Shuning uchun ozgina qiyinchiliklarga duch kelamiz.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Shu tv da berilayotgan onlayn darslarni qr kod orqali fanlar kesimida offline tarzida Android apk fayl qilib ya'ni telefon, planshet yoki noutbukda ishlashini qilishimiz kerak deb o'ylayman. Sababi video darsni xoxlagan paytda ko'rish imkoniyati, internet kerakmasligi ( ko'p joylada internet ishlamaydi, megabayt sotib olish imkoniyati cheklangan). Bu go'ya geografiya darsligida ko'rdim lekin bunda internet kerak, keyin esa saytda ortiqcha(reklama) ko'p. Shu videodarslar offline qilinsa ( android apk shaklida) yaxshi bo'lar edi. Offline bo'lsa farzandlarimiz internet xavfidan yiroqroq bo'lar edi. Sababi ko'p ota onalar internetda ota -ona nazorati funksiyasini bilmaydi.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Men o'zimning sharoitimdan kelib chiqib 1-2 sinf o'quvchilari uchun ABC alfavitini tayyorladim. Lekin bu ishni to'liq amalga oshrish uchun Android studio apk fayl qilish bilimlarim yetarli emas. Lekin o'zim uchun ozgina bo'lsa ham darslarda foydalanish uchun qo'shimcha qo'llanma tayyorladim. Ushbu qo'llanma asosan ota - onalar uchun. Ushbu qo'llanmada eduportal.uz saytidan. Online maktab telegram kanali, English teachers telegram kanallaridan xamda profili Ays iskandar nomli Android apk faylilidan foydalandim. Ushbu qo'llanmada xatolar bo'lishi mumkin.

Izohlar (4)

А
Азиза Юсупова 29.03.2021 14:05

Мен кулланмани куриб чикдим. Айнан кайси сузни езишни яна уйлаб курсангиз яхши. Харфлар кайси товушни беришини кушсангиз мукаммал буларди. Ма'лумотларни кайта куриб чикиб. Нарса куп булиб колади.

B
Barnoxon Xakimova 26.03.2021 17:34

Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun ham qoʻllash kerak deb oʻylayman

S
Shoxbozbek Nizomov 26.03.2021 10:27

Assalomu alaykum xurmati ustoz. Fikr mulohazalaringiz uchun tashakkur. Bu taklifni qo'llab quvvatlayman. Agar ushbu taklif uchun ijobiy natija olsak, kelajak avlod uchun yanada keng imkoniyatlar ochiladi degan umiddaman.

N
Nazira Abdurashitova 26.03.2021 09:53

Bu g‘oyani men xam qo‘llab-quvvatlayman.1-2balki barcha sinf darsliklariga o‘rnatishni xam taklif etar edim.