Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Business School

Gʻoya tavsifi

Toshkentda Fransiyaning Brest Business School ning filialini ochish.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Business School tarmoqlari hali O'zbekistonda uncha rivojlanmaganini hisobga olgan holda men sizlar bu g'oyani qabul qilasizmi yo'qmi baribir kelajakda o'zim shu kabi shaxsiy universitet ochaman. Ya'ni bundan manfaat shuki o'qitish programmalarini talabalar xuddi hayotiy tarzda tushuna oladigan bo'ladi va o'qituvchilar ham faqat doim dars beradigan emas, balki ular tadbirkorlik bilan shug'ullanadigan bo'ladi. Bundan talabalar hayotimizda va professorlarning biznesida qo'llagan uslub tamoyillarini chuqur o'rganadi va his qiladilar. Business Schooldagi o'qituvchilar o'zlarini kompaniyalariga sayohat uyushtirib, talabalarga oldindan biznes muhitga mostiradilar. Natija esa hayratlanarli bo'ladi.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Eng yaxshi yo'li menimcha davlat sherikchilik yo'li bilan 49/51 format joint venture ochiladi. Bu esa davlatga tayyor investitsiya. Chunki bu Business Schoolga nafaqat O'zbekistondan balki Markaziy Osiyo davlatlaridan talabalar o'zlari qidirib kelishadi. Davom ettirish uchun bunga chuqur yondashishimiz kerak bo'ladi ya'ni O'zbekistondagi tadbirkorlik va ta'lim tizimimizni o'rganishimiz kerak bo'ladi. Shunda hammasi oddiy. Bizga yaxshi jamoa kerak. Buni amalga oshirish uchun O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligidan deligatsiya Fransiyada Brest Business School bilan muzokara olib borishi shart. Bundan ikki tomon ham manfaat topadi.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q