Maktabgacha va maktab ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Maktab o'quvchilariga informatika fanini takomillashtirish, IT sohasini tatbiq etish

Gʻoya tavsifi

Hozirgi kunda eng ommabop va kelajak kasbi sifatida qaraladigan IT (sun'iy intellekt) sohasini maktablarning zerikarli informatika fani o'rnida joylashtirishni taklif qilaman. Buning sababi shundaki, mening o'zim ham maktabda informatika darsligini o'qib tugatganman va bu kitob 11 sinf darsligiga qadar zerikarli dizayn va tuzilishdan iborat. Bu esa o'quvchining o'rganishiga salbiy tasir qiladi. IT (Sun'iy intellekt) fanini hozirgi zamon, dunyoqarashga mos ravishda, kreativ dizaynda nashr etish, IT sohasida ishlayman deb maqsad qilgan o'quvchilarga keng imkonoyatlar yaratish, nazariydan ko'ra ko'proq amaliy darslarni olib borish maqsadga muvofiqdir.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Misol uchun, darslikning dizaynidan boshlaymiz. Darslik bor qarashda o'ziga o'quvchini jalb qila olishi kerak. Shuning uchun kreativ ranglardan fogdalanish darkor. Hozirgi kundagi hayotiy, reallik bor mavzularni darslik ichiga joylashtirish. O'quvchini qiziqtiradigan qilib, IT sohasi to'grisida ma'lumot berilgan bo'lishi, har bir mavzuda turli hil IT sohasiga oid faktlar, qiziqarli ma'lumotlar keltirish darkor.

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Bu g'oyani amalga oshirish uchun, eng avvalo eski eskirgan sistematik tuzilmalardan foydalanmaslik, o'quvchiga kelajakda kadr bo'lishi uchun fundamental asos bo'la olishi kerak va IT sohasi (Sun'iy intellekt) fanini amalda tatbiq etish lozim.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q