Xalq ta'limi sohasidagi g'oyalar Beta

Maktab xududidagi bo'sh yerlardan unumli foydalanish

Gʻoya tavsifi

Maktab xududidagi yerlardan ekin ekish uchun maktab joylashgan xududdagi mahalla fuqarolariga tadbirkorlik bilan shug'ullanishlari uchun dala va poliz maxsulotlarini issiqxonalarda yetishtirishga ajratish, yoki mahalladagi yosh bolalar uchun pullik o'yin maydonlari ya'ni playground ochish.

Gʻoya/taklifning maqsadga muvofiqligi

Bundan maktabga tegadigan foyda ma'lum. Ijara asisida shartnoma tuziladi, ijara haqqi maktab xisob raqamiga o'tkaziladi, mahalladagi fuqarolar natijada o'z bizneslarini boshlashadi,kambag'allik qisqaradi va issiq xonalardan kelishuv asosida amaliyotlar, tadqiqotlar, yosh qiziquvchan maktab o'quvchilaridan agrar soxasidagi innovation g'oyalarni amalda sinab ko'rishlari uchun sharoit yaratiladi. Olingan hosilni mahalla fuqarolariga sotish mumkin. Mahalladagi uyushmagan yoshlarni ham shu yo'l bilan ish bilan ta'minlashga erishiladi

Gʻoya/taklifni amalga oshirish yoʻllari

Mahalladagi yosh tadbirkorlar Har bir oila tadbirkor me'zoni asosida kredit olishlari,maktab direktori bilan ajratilgan yerning maydoniga ijara shartnomasi tuziladi,mahalla va sektor raxbarlaring imzolari asosida shakillantirish mumkin.

Izohlar (0)

Izohlar yo'q