Hususiy maktab
Innovatsiyon g'oyalarga iqtisoslashgan hususiy maktab va uning viloyatlardagi filiallarini tashkil qilish. Ushbu maktablarda yangi g'oyalarga asoslangan amaliyotga tadbiq qilingan nazariyalar asosidagi darslar bo'ladi. Bu maktab o'quvchilar uchun oshxona, vannaxona, uyi olisdagilarga yotoqxona, sinif xonalari, labaratoriyalar, sinov maydonchalari, sport zallari, suv havzalariga ega bo'ladi. O'qituvchilar kuchli malakaga ega sinovlardan o'tgan uchta tilni bila oladigan faqat O'zbekiston Res, fuqoroligiga bo'ladi. O'quvchilar qobilyatiga ko'ra MTMlaridan tanlab olinadi!
Agar ushbu maktabni tashkil etishni amalga oshirilsa, yurtimizda malakali kadrlarga bo'lgan ehtiyoj bartaraf etiladi. Natijada ishsizlar kamayib qobilyatlilar ko'payadi, sohalarda malaka bo'yicha raqobatni amalga oshiadi.
Avvaliga o'qituvchilar saralab olinadi. Ularni ish joylarida turgan holda mos ravishda yangi metodikalarga bepul qayta o'qitiladi. So'ng maktab to'liq ish holatiga tayyorlanadi. Maktab qurilishi yakunlangunicha, MTMdan tanlab olinadi. Tanlovdan o'taolmagan bolajonlarning ota-onalari ixtiyoriy tarzda farzandini shu maktabda pul to'lab o'qitishi mumkin bo'ladi. Iqtisoslashgan sinflarga bolajonlar 2 yillik tanlov asosida qiziqishi va qobilyatiga muvofiq iqtisoslashgan sinflarga taqsimlanadi. Agar ota-onalar farzandlarini ixtiyoriy yo'nalishdagi iqtisoslashgan sinfga o'tkazmoqchi bo'lsa, qo'shimcha to'lov asosida amalga oshiriladi. O'quvchining o'zlashtirishi imtiyozga ega!!!
Комментарии (0)