ONA TILI, GEOGRAFIYA FANLARINI O’QITISHDA VA MAQOLLARNI O’QUVCHILARGA O’RGATISHDA BOSHQOTIRMALAR
1. Geografiya fanini o'qitishda "Xarita oldida olamga sayohat" mavzusidagi boshqotirmalar orqali geografik joy nomlari, davlatlar va ularning poytaxti, daryolar, ko'llar, dengizlar va hakozolarni o'quvchilar ongiga singdirish. 2. O'quvchilarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda, ma'naviy qadriyatlarimizni saqlab qolish maqsadida "Maqollar - to'g'ri yo'lga yetaklar" mavzusidagi boshqotirmalardan foydalanish. 3. “Tilga e’tibor – elga e’tibor" degan mazmundagi o'zbek tili izohli lug'atidan olingan so'zlarni o'quvchilar ongiga boshqotirmalar orqali singdirish
1. Xarita oldida o'quvchi dunyoni tasavvur qiladi. Bir joy nomini topish uchun o'nlab geografik joylar nomini o'rganadi. O'quvchilarni hozirjavoblikka va mehnatsevarlikka da'vat etadi. Davlatlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish bilan birgalikda ularning poytaxti, pul birligi, dini, tili, iqlimi, tabiati, rel'efi haqidagi bilimlarni o'zlashtiradi. 2. O'quvchilar maqollarning mantiqiy ma'nosiga ega bo'ladilar. Maqollar o'quvchilar uchun oqni qoradan, yaxshini yomondan ajratish uchun xizmat qiladi. 3. Til haqidagi boshqotirmalar nafaqat to'g'ri yozishni o'rgatadi balki o'quvchilarning so'z boyligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Geografiya fanini o'qitishda "Xarita oldida olamga sayohat" mavzusidagi boshqotirmalar, "Maqollar - to'g'ri yo'lga yetaklar" mavzusidagi boshqotirmalar, “Tilga e’tibor – elga e’tibor" degan mazmundagi o'zbek tili izohli lug'atidan olingan so'zlardan iborat boshqotirmalar to'plamlari kitobchalarini nashrga tayyorlash va ommaga taqdim etish orqali.
Комментарии (0)