Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘lkashunoslik to‘garaklari faoliyatini yo‘lga qo‘yish
Umumiy o’rta ta’lim maktabida O’lkashunoslik to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Maktabninig tarix fani o‘qituvchisi to‘garak faoliyatiga rahbarlik qiladi. Geografiya, biologiya, ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari to‘garak faoliyatini yuritishga ko‘maklashadilar. O’lka tarixi, aholisi, xo‘jaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga va tabiatshunosligiga oid ashyoviy manbalar maktab o‘lkashunoslik muzeylida jamlanadi.
O‘zbekiston tarixini o‘rganishda, eng avvalo o‘quvchilarning o‘zlari yashab turgan hudud tarixini o‘rganishga yo‘naltirish. O‘lkashunoslik to‘garagining asosiy maqsadi o‘z o‘lkasi aholisi, etnografiyasi, xo‘jaligi, madaniyati, urf-odatlari, jamoat arboblari, olim va shoirlari haqida ma’lumotlar to‘plash (foto va video materiallar, ashyolar, namunalar), ularni ommalashtirib, ta’lim oluvchilarga ulashish, ajdodlar merosini avaylab-asrash, kelajak avlodga o‘lka tarixini munosib o‘rganishga ko‘maklashishdan iborat.
Ijtimoiy tarmoqda (Telegram) guruh ochilib, guruh a’zoligiga fan o‘qituvchilari, yuqori sinf o‘quvchilari, ularning ota-onalari, mahalla faollari, maktab hududida istiqomat qiluvchi ziyoli insonlar qabul qilinadi. “O‘lkashunoslik” to‘garagi faoliyatini (onlayn) boshqarishga mas’ul shaxs tayinlanadi. (Tashabbuskor faol o‘quvchilarga ham adminlik berilishi mumkin)
Комментарии (0)