O’qituvchining malakasini oshirishda “Oz fani- pedagogika- psixologiya” online kurslarini .
O’qituvchilar o’z fani, pedagogika va psixologiyani mukammal bilishi kerak.Chunki, o’qituvchining bir soat darsni qanday o’tishi, darsda pedagogik usul- uslublardan mohirona foydalanishi, yoxud,darsni “Quruq”, qiziqarsiz qilib o’tishi ;o’quvchini o’z faniga qiziqtira olishi, yoki zeriktirib qo’yishi; o’quvchiga qilgan to’g’ri yoki noto’g’ri muomalasi orqali o’quvchini yaxshi yoki yomon tomonga o’zgarishiga olib kelishi mumkin.Shuning uchun o'qituvchilar malakasini har oyda , muntazam oshirib borishi kerak deb o'ylayman.
O’qituvchi darslariga xalaqit bermagan holda , o’zining bo’sh vaqtiga qarab mazkur platforma bo'yicha online kursni o’qib tugatadi. Mazkur kursni o’rganish uchun mablag, vaqt sarflamaydi.Har bir kursni o’rganib, malakasini muntazam oshirib boradi.Shaffoflik ta’minlanadi.O’qituvchining bilimi, pedagogik salohiyati, psixologik bilimlari yangilanib boradi.O’qituvchining bilimi qanchalik muhim bo’lsa, uning pedagogik mahorati va psixologik bilimi ham juda muhim. Shunig uchun bu 3ta fandan o’qituvchining bilimlarni har doim oshirib borish kerak.
1.O’qutuvchilarning o’z fani , pedagogika va psixologiya fanlari bo’yicha malakasini oshirish kurslari online platrorma orqali tegishli modullar tashkil qilinib, o’rganilgan darslar natijaviyligini ta’minlash maqsadida mazkur moduldan test olinadi va sertifikat bilan ta’minlanadi. 2. Ushbu platforma orqali dasturga yangidan kiritilgan boblar, bo’limlarni o’rganish uchun maxsus darslar tashkil qilib, o’qituvchilarga kerakli bilimlar muntazam berib boriladi.
Комментарии (0)