Boshlang'ich tizim.
Barcha maktablarda boshlang'ich sinflarga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish kerak. Boshlang'ich sinflarda qo'shimcha darslarni maktab hududida tashkillsh kerak. Boshlang'ich sinflardayoq bolalarning IQ darajasini rivojlantiriash kerak. Jismoniy va fiziologik holatlarini muntazam yaxshi bo'lishini ta'minlash uchun qo'shimcha jismoniy mashg'ulotlarni tashkillash va shu tomonlama boladagi iqtidorni ko'ra olish, agar o'quvchida soort sohasida iqtidori bo'lsa shu sohada o'quvchi bilan ko'proq shug'ullanish kerak.
Agar boshlang'ich sinf o'quvchisi 5- sinfgacha bo'lgan muddatda maktab hududida maktab o'qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan qo'shimcha darslarni o'qib borsa, o'qituvchilar tomonidan o'quvchilarga vijdonan yondashuv tashkil etilib bolaning intellektual qobilyatlarini oshirish uchun maxsus tizim ishlab chiqilsa keyin hattoki qishloq hududidagi maktablarda ham o'qishga bo'lgan talab oshadi va biz ta'lim tizimida maktab bitiruvchilarni OTM ga kirish ko'rsatkichlarini o'sishiga erishamiz. Bir so'z bilan aytganda ta'limni yangilamaymiz shunchaki nuqsonlarni yo'qotamiz va albatta ko'zlagan natijalarimizga bosqichma bosqich erishamiz.
Bularni amalga oshirish uchun maktablarda boshlang'ich sinflarga mental arifmetika, IQ darajalarini oshiruvchi o'quv qo'llanmalarni, xotirani kichaytirivchu qo'shimcha darslarni joriy etish kerak. Bu darslarni o'tish uchun har bir maktab boshlang'ich sinf o'qituvchilari tegishli shu yo'nalishdagi mutaxassislardan yetarlicha bilim va ko'nilmalarni olish kerak. Bu ma'suliyatni har bir tuman Xalq Ta'lim Bo'limi o'z zimmasiga olishi kerak. Ha aytgancha qo'shimcha darslari uchun o'qituvchilarga qo'shimcha oylik ish haqqi joriy etish kerak. ( Agar davlat tomonidan o'qituvchilarga maosh joriy etilmasa kam ta'minlangan o'quvchilardan tashqari har bir o'quvchiga ma'lum summa joriy etilishi kerak ).
Комментарии (0)