Barcha pedagoglar uchun yagona dars ishlanma va multimedia ilovalarini yaratish
Maktablarda ta'lim tizimini to'g'ri tashkil etishda har bir fan kesimida, har bir mavzu yuzasidan o'quvchining sifatli ta'lim olishi uchun mukammal ishlab chiqarilgan yagona dars ishlanmasi va unga mos turli multimedia, innavatsion texnologiyalar, usul va vositalarni ishlab chiqish va amalyotga joriy etish zarur. Barcha maktablarda aynan shu dars ishlanmasi asosida darslarni tashkil qilish lozimligini majburiy deb belgilash lozim. Chunki barcha pedagoglarni dars mashg'ulotlarni sifatli tashkil eta olyapti deb bo'lmaydi. Agar o'qituvchi qobilyatli, izlanuvchan bo'lsa, darsda dars ishlanmasida berilgan ma'lumotlardan tashqari yangi bilimlar va turli usullarni ham samarali qo'llasa bo'ladi.
Sir emaski, barcha o'qituvchi ham darsni sifatli, natijali tashkil qila olmaydi. Kimda qobiliyat, kimda bilim, kimgadir tajriba yetmaydi. Yagona dars ishlanmasi o'qituvchiga dars mashg'ulotlarini to'g'ri, aniq va sifatli tashkil qilishga yordam beradi. Ta'lim tizimi barcha maktablarda bir xil tashkil etiladi va ishlanmada keltirilgan mavjud bilimlarni barcha o'quvchilar bir xil o'zlashtiradi. O'qituvchi o'z darsida qobilyati va mahoratiga qarab qo'shimcha yangiliklar kiritib boyitadi. Ammo, dars mashg'ulotlarni sust tashkil qilayotgan o'qituvchilar kamida ishlanmada belgilab berilgan bilimlarni bajarishi shart ekanligini inobatga olib darslarni tashkil qilishadi. Darslar natijasi samarali b
Darslikda belgilangan mavjud bilimlar asosida mukammal dars ishlanmasi va multimediasini yaratish uchun maxsus ishchi guruhi tashkil qilish va dars ishlanmalarini yaratish. Yaratilgan dars ishlanmalarini elektron shaklda maktablarga yetkazib berish zarur. Elektron dars ishlanmalarni yaratishda tajribali pedagoglarning mahoratidan foysalanish. Ishlanmada keltirilgan ma'lumotlar o'quvchining qiziqishi, yoshi, mavjud bilimlarni o'zlashtirishiga qulay bo'lishi kerak.
Comments (0)