Maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ta’limi uzviyligini ta’minlash.
Maktabgacha ta’lim muassasasi maktab ta’limi uchun poydevor ekanligini yaxshi bilamiz.Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga berilgan bilim juda muhim. Chunki bu davrda bolaning qabul qilish imkoniyati yuqori boladi.MTM bolaning har xil interaktiv o'yinlar orqali olgan bilimlari maktab darslarini oson o'zlashtirishlariga zamin bo'ladi.Bunda bolalarga "Mental arifmetika" "Konstruktorlik","Mexatronika" fanlaridan qo'shimcha mashg'ulotlar tashkil qilish nazarda tutiladi.
MTM da tarbiyalanuvchilarga ingliz tili fani bilan birgalikda “Mental arifmetika”,”Konstruktorlik,”Mexatronika” kurslari bo’yicha mashg’ulotlarini tashkil qilish maqsadga muvofiq.Chunki bu fanlar bolaning iqtidorini yuzaga chiqarishga,fikrlash qobiliyatini oshirishga, miya mashqiga yordam beradi.Bu davrda tarbiyalanuvchilarning iqtidorlari, qiziqishlari ham aniqlab borilishi juda muhim.Chunki kelajakda o’zi qiziqqan sohasi bo’yicha kasb egallagan inson yetuk va mukammal mutaxassis bo’lib yetishadi.
1.Maktabgacha ta’lim muassasasida yangidan "Mental arifmetika", "Konstruktorlik","Mexatronika va robototexnika " bo’yicha qo’shimcha mashg’ulotlar tashkil qilish. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasida bolaning qiziqishlari bo’yicha shug’ullanish imkoniyatini beradigan erkin mashg’ulotlarni tashkil qilish. 3.Maktabgacha ta’lim muasasasidanoq bolaning imkoniyatlari ,qiziqishlari, qobiliyat va iqtidorlari haqida ota-onani xabardor qilib borish.(qiziqishlar, qobiliyatlar, mayl,iqtidor tashxis daftarlarini joriy qilish) 4.Maktabga bolaning imkoniyatlari baholangan tashxis daftar bilan qabul qilish va uning iqtidorini rivojlantirish uchun qo’shimcga darslar tashkil qilish.
Comments (0)