Ideas in the field of public education Beta

Ta'limga taklif

Description of the proposal

Xo'sh ta'lim sifatini oshirish uchun nima qilish kerak? Bu oddiy. Hamma ishni maktabdan boshlashimiz kerak. Ya'ni har bir o'quvchi, o'qituvchi va ota-onada shaxsiy mas'uliyat hissini shakllantirishimiz kerak. Albatta bunga siz hayron bo'layotgan bo'lishingiz mumkin " Bizda mas'uliyat yo'qmidi ? " deb. Mening fikrimcha "yo'q" , bo'lsa ham juda oz foizda. Bunga isbot natijalarimizda. Masalan men ancha yillardan beri o'quv fanlarini o'zlashtira olmay sinfdan qolgan o'quvchilari bilmayman. Hamma o'zlashtirayabdi go'yo. Yaxshi o'qigani ham, o'qimagani ham. Lekin maktabni bitirgan o'quvchilarimiz fanlardan oddiy savollarga javob bera olishmayabdi ko'p hollarda.

Relevance of idea / proposal

O'zbekistonda mavjud maktablarning asosiy qismida A, B, V guruhlar mavjud (masalan 6 a, 6 b, 6 v). O'sha har bir guruhda a'lochi, yaxshi, va bilimi qoniqarli o'quvchilar bor. Bir so'z bilan aytganda bilim darajasi ( inglizchada level ) bir xil emas, bir xil bo'lmaydi ham, xatto bir sinfda o'qiydigan a'lochi va qoniqarli bilim darajaga ega bo'lgan o'quvchilar saviyasi o'rtasidagi tafovut juda katta. Bu holat t'lim sifatini tushiradigan eng asosoiy omillardan biri. Bunday holatlarda o'quvchilar ham, o'qituvchilar ham dars jarayonida qiynalishadi. Xullas gap nima haqida borayotganini tushungan bo'lsangiz kerak. Endi taklifga o'tsam.

Possible ways to implement the idea / proposal

Deylik bir maktabda o'sha 6- sinfda o'qiydiganlar soni 75 nafar deb olsak, ularni fanlardan umumiy bilim darajasiga qarab A, B, V ( A- a'lochilar, B- yaxshi, V- qoniqarli)  guruhlarga ajratilsa t'alim sifatiga juda katta ijobiy ta'sir o'tkazgan bo'lardik. Biz bunday holatni bugungi  til o'rgatayotgan o'quv markazlari misolida ko'rishimiz mumkin.    O'quvchilar yil yakunida yillik o'zlashtirishiga qarab, keyingi yili qaysi toifadagi  guruhda o'qishini bilib olishlari mumkin. Bu esa o'quvchilarga o'quv  yili davomida  to'xtamay bilim olishlariga ishtiyoq beradi.

Comments (1)

R
Rustamjon Soliyev 22.03.2021 23:03

Bu boʻyicha variativ sinflar tashkil qilindi.