Ideas in the field of public education Beta

“Kurator-pedagog” lavozimiga ehtiyoj bor

Description of the proposal

5-sinfdan 11-sinfgacha hamda litsey va kollejlarni ham qamragan holda, kurator-pedagog lavozimini joriy qilishni taklif qilaman. Bunda o‘qituvchi o‘qituvchiligini qiladi, kurator-pedagog esa mas'uliyatni bo‘yniga olgan holda, o‘z sinfidagi (guruhidagi) o‘quvchilarining ta'lim-tarbiyasiga, formasiga, davomatiga, yurish-turishiga javob beradi. Bundan tashqari, kurator-pedagogga o‘z sinfida (guruhida) dars o‘tish uchun imkoniyat berib, unga faqat tarbiya, huquq yoki psixologiya darslarini bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shundagina kurator-pedagog o‘z o‘quvchilari oldida o‘qituvchilik metodikasini ko‘rsatgan holda, hurmat qozonishni boshlaydi.

Relevance of idea / proposal

Demoqchimanki, kurator-pedagog lavozimiga ko’proq universitetdagi “tarbiya va huquq” yo’nalishini yoki “psixologiya” yo’nalishini bitirganlarni olish kerak. Chunki bu yo’nalishni bitirganlar o’z o’quvchilari va ota-onalar bilan ham tarbiyaviy, ham huquqiy, kerak bo’lsa psixologik tomondan muomala bilan yondashadi va kerakli ko’rsatmalar bera oladi.

Possible ways to implement the idea / proposal

Biz bilamizki, o‘quv binolarida dars soat 8:00da boshlanadi. Kurator-pedagog esa 7:30da o‘quv binosida bo‘lib, o‘z guruhidagi o‘quvchilarning formasini, davomatini tekshirishdan boshlaydi va soat 8:00da dars boshlanishi bilan o‘z o‘quvchilari bilan birgalikda darsga kiradi. Endi kurator-pedagog orqa partada o‘tirgan holda, har bir dars jarayonini o’z o‘quvchilari bilan birga o‘tkazadi. Endi kurator-pedagog nafaqat o‘z o‘quvchilarini nazorat qiladi, balki dars o‘tayotgan har bir fan o’qituvchisini o‘qituvchisini ham nazorat qilib boradi, ya'ni yordamchi o‘qituvchiga aylanadi, desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Qisqasi “jonli kamera”ga aylanadi!

Comments (0)

No comments