Eksperiment
Taʼlimda maqsad har qanday sharoitda bilim olish birinchi oʻrinda turadi, lekin sharoit deganda biz faqat moddiy sharoitni koʻramiz. Juda zoʻr sharoit qilib berilgan maktablarda ham taʼlim sifati past boʻlishi mumkin. Shunga faqat Yevropaga qarab emas oʻzimizni bobolarimiz buyuk boʻlgan taʼlim yoʻllarini ham oʻylaylik? Yevropaliklar biz mensimay qoʻygan taʼlim olish sharoitlarini eksperiment qilib bizga koʻrsatib berishlari shartmi? Mana Sibirda ikki jins vakillarini alohida alohida sinflarda oʻqitib eksperiment qilishdi, bolalarni fikri hayoli oʻqishda endi. Men bu eksperimentga misol qilib pdf da ilova qoldirdim.
Meni gʻoyam emas bu, bu gʻoya avvaldan boʻlgan boʻlib katta natijalarga eltuvchi yoʻldir. Oʻzingiz oʻylang oʻspirin 9-sinf bolasi yonida chiroyli qiz oʻtirsa qanday qilib u oʻqish haqida oʻylay olishi mumkin? Bechora oʻspirin tabiatga boʻysinsinmi yoki oʻqituvchiga? Qizlar ham shunday.
Taklifim shuki, qiz bola va oʻgʻil bolalarni alohida alohida sinflarda oʻqitish kerak. Men buni dinimizdan kelib chiqib aytmadim, taʼlimga sal taʼm beraylik hech boʻlmasa.
Comments (0)