"Besh muhim tashabbus" asosida to‘garak mashg‘uloti uchun mashq daftari
To‘garak mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish ,o‘quvchilarning qiziqishini orttirish maqsadida "Besh muhim tashabbus" asosida ishlab chiqilgan bu daftarda o‘quvchilar har bir mashg‘ulotni bevosita besh tashabbus bilan bog‘lab o‘z qobiliyat va iqtidorini namoyon qilishadi.Ya‘ni har bir mashg‘ulot mavzusini bitta tashabbusga yoki bir nechta tashabbusga bog‘lab , amalda qo‘llab ko‘rsatishadi.Bu esa o‘quvchilarning e‘tiborini jamlaydi, ijodiy yondoshishga undaydi
Ushbu g‘oya to‘garak mashg‘ulotlarining sifat-samaradorligini oshirish , mashg‘ulotlarning mazmunini boyitish hamda to‘garak mashg‘ulotlariga o‘quvchilarning e‘tibori va qiziqishini oshirish uchun, o‘qituvchilarga ham ma‘lum qulayliklar yaratish uchun muhim
Amalga oshirish uchun ushbu daftarni chop etish va mashg‘ulotlarda qo‘llash lozim.Ushbu mashq daftari guruhdagi hamma o‘quvchilar uchun tashkil etiladi.Har bir mashg‘ulot jarayonida besh muhim tashabbus asosida o‘quvchi izlanadi va fikrini bayon qilib daftarga yozib qo‘yadi
Comments (0)