1-sinfdan to 5-sinfgacha bo'lgan o'quvchilarda o'quv jarayonida baholash tizimini olib tashlash.
1-sinfdan to, 5-sinfga qadar nazorat, diktant va shunga o'xshash baholash tizimidan voz kechish zarur. Kichik maktab davridagi o'quvchilarning erkin bilim olishlarida baholash tizimi juda katta ta'sirini inobatga olib, shuni aytishim mumkinki, o'quvchilarda kamsitilish, birini boshqasini ustidan ustun ko'rish ta'lim uchun, o'quvchi yoshlar uchun juda katta yo'qotish deb hisoblayman. Boshlang'ich ta'limda o'quvchi yoshlarga baholash tizimi o'rniga rag'batlantirish, kitobga bo'lgan mehrini uyg'otish uchun ko'proq rang-barang kitoblarni hadya sifatida berish zarur. So'ngra o'sha kitob orqali ularning fikrlashini shakllantirish zarur.
Chunki aynan balog'at yoshiga yetmasdan bola qalbi toza, beg'ubor bo'ladi. Uning qalbini o'qituvchilar yo zanglatadi, yo qalbiga nur olib kiradi. O'quvchi bolalarning hammasiga birdek muomalada bo'lish, ularning orzu-umidlarini anglab yetishlarida o'qituvchilar, ota-onalar birdek mas'ul bo'lish maqsadga muvofiqdir. Men yana shuni aytamanki, oilada kamsitilgan bolaning ko'ngli yarim bo'lib ulg'ayadi. U mehrga muhtojdir. Maktabgacha ta'lim davrini hisobga olmaganda maktab davri o'quvchi uchun katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. O'quvchilarning davomatini ta'minlash uchun innovatsion texnologiyani hayotga tatbiq etish zarur.
Butun Respublikadagi maktablarda baholash tizimini isloh qilish zarur. Buning uchun eng avvalo ota-onalardan so'rovnomalar tashkil qilib hozirgi holatni o'rganish zarur. Ta'limimiz rivojlanmas ekan. Mamlakatimiz rivojlanmay hali hanuz past reytinglarda qolib ketaveradi. Qolipimizni o'zgartiradigan vaqtimiz keldi. Axborot texnologiya asrida innovatsion texnologiyaga chuqur yondashib, mamlakatimizdagi barcha maktablarni axborot texnologiyalar bilan to'liq ta'minlash zarur. Bu davlatimiz uchun juda katta samara berishi tayindir.
Comments (0)