Ideas in the field of public education Beta

Ma'lumotlar bazalarini integratsiya qilish

Description of the proposal

Informatika o'qituvchilarining ish ko'lamini kamaytirish va mehnat samaradorligini oshirish

Relevance of idea / proposal

Maktablardagi informatika o'qituvchilariga bugungi kunda o'ta yuqori yuklama qo'yiladi. Ushbu yuklamalarni kamaytirish bilan birga natijadorlikni oshirish bo'yicha bir qator ishlarni muvofiqlashtirish mumkin.

Possible ways to implement the idea / proposal

Hozirda xalq ta'limi tizimida bir nechta ma'lumotlar bazalari bilan ishlashga majbur bo'lyapmiz. Jumladan: xt.uzedu.uz, kundalik.com, salary.mdm.uz (va hokazo) platformalariga alohida tarzda ma'lumot kirityabmiz. Vaholangki deyarli bir xil ma'lumotlarni bir necha marta kirityabmiz. Bu esa tizimdagi ba'zi xodimlarga (asosan informatiklarga) kuchli yuklama hosil qiladi. Shularni integratsiya qilib xt.uzedu.uz platformasidan barcha ma'lumotlarni tortib oladigan qilinsa yaxlit tizim hosil bo'ladi va ish ko'lami kamayib tizimdagi ma'lumotlar aniqligi oshar edi.

Comments (0)

No comments