"Student of the year" loyihasi
Loyiha maqsadi: maktab bitiruvchilarining bilimini munosib taqdirlash hamda uchinchi renesansni bunyod etishdan iborat. Ushbu loyihaga faqat 11-sinf maktab bitiruvchilari ishtirok etish huquqiga ega bo'lishadi.
Loyiha ko'rik-tanlov ko'rinishida bo'lib o'tadi. 3 shart asosida. 1-shart. "Smart pupil" - bunda o'quvchilar 3 ta fandan ya'ni ona tili-adabiyot, matematika va tarix fanlaridan 30 tadan testni (DTM) yechishadi. 2-shart. Badiiy chiqish - bunda ishtirokchilar o'zlarining iste'dodlarini namoyosh qilishadi. 3-shart. "Mustaqil fikrla!" - bu shartda ishtirokchilar biletlarda yozilgan mavzularni tanlashadi va shu mavzu bo'yicha o'zlarining fikrlarini to'xtamasdan 3 daqiqa davomida bildirishlari talab etiladi.
Tanlov 4 bosqichda(maktab, tuman-shahar, viloyat hamda respublika) tashkil etiladi. Loyihaga Xalq ta'limi vazirligi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorlik qiladi.
Comments (0)