Ideas in the field of public education Beta

o'quvchilarni har bir mavzu bo'yicha o'qituvchilari tomonidan mavzulashgan testlar

Description of the proposal

Ushbu test yaratuvchi www.uytest.uz sayti orqali ishlaydi. Bugungi kunda o'qituvchilarimiz dars konspekti va har hil xisobotlardan ozod bo'lganligi munosabati bilan , darsga tayyorgarlik ko'rishning ancha boshqa turlari bilan shugullanishlari imkoniyati ko'paydi. Shularda biri o'qituvchi tomonida har bir darsga alohida 5-10 donadan test tayyorlab uyga vazifa sifatida o'quvchiga www.uytest.uz saytidan jo'natadi. O'quvchi uyida o'zining kitobidan foydalangan holatda testlarga javob beradi. Testning natijasi o'qituvchiga usha zamon kelib tushadi.

Relevance of idea / proposal

-Bugungi kunda mavzulashgan testlar mavzuni o'zlashtirilganligiga aniqlik kiritadi; -o'qituvchi o'z ustida ishlaydi; -savol javobdan foydalanishda telegramdan voz kechiladi; -qog'ozbozlikdan qutilinadi. -sayt android telefon va kompyuterlarda juda tez ishlaydi. -har bir oquvchi o'z login paroliga ega bo'ladi; -fanlarni haqiqy o'zlashtirilishi monitoringgi aniq bo'adi, chunki bu platformada har bir mavzuga oid testlar ustozlar tomonidan www.uytest.uz saytiga tashlab boriladi; -ushbu loyihani maktablarga joriy qilishga adminlardan 30 minut vaqt kifoya qilladi; -mavzulashgan testlarni o'quvchilarga yetkazish bu repitetorlik elementlarini maktabga ham joriy qilishga olib keladi.

Possible ways to implement the idea / proposal

Barcha kompyuter va android telefoni bor o'qituvchilar 30 minutda www.uytest.uz saytida test yaratishni o'rganib olishadi; oquvchilar testga kirib test topshirishga hech qanday qiyinchilikni ko'rmaydilar . Faqat mobil qurulma va kompyuterlarida internet bo'lsa bas. bitta test tayyorlab jo'natishga 5-10 kb axborotni uzatishadi. Bitta telegramda test jo'natishga 2-5 mb ni hisobga olsak, bu www.uytest.uz sayti katta moliyaviy-iqtisodiy imkoniyat yaratadi.

Comments (0)

No comments